Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy o‘zbek olimini taqdirladi
Shinjon fizika-texnika Instituti taklifiga binoan Shomansur Sa'dullayev «Do‘stlik» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining Shinjon fizika-texnika Instituti taklifiga binoan Toshkent shahrida Xitoyning xalq tabobati markazini tashkil etishga yordam berish, ikki mamlakat Fanlar akademiyalari o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlash, yangi dori-darmonlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik, Xitoy Xalq Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun Shomansur Sa'dullayev «Do‘stlik» mukofoti bilan taqdirlandi», - deyiladi xabarda.
Shomansur Sa'dullayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025