Jahon | 14:57 / 04.10.2018
4691
2 daqiqa o‘qiladi

Myullerga Tramp sobiq maslahatchisining WikiLeaks bilan aloqalari haqidagi intervyu yozuvlari kelib tushdi

Foto: REUTERS/AP

AQSh maxsus prokurori, Rossiyaning 2016 yilgi AQSh saylovlariga ehtimoliy aralashuvi bo‘yicha ishga rahbarlik qilayotgan Robert Myuller ofisiga Qo‘shma Shtatlar prezidenti saylovoldi kampaniyasi sobiq maslahatchisi Rojyer Stoun bilan intervyu audioyozuvi kelib tushdi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.

Rojyer Stoun va komik Rendi Kredikos o‘rtasidagi radiointervyu 2016 yil avgustidan 2017 yil apreliga qadar bo‘lgan davrda Nyu-Yorkdagi mahalliy WBAI stansiyasida efirga uzatilgan Credico shousida bo‘lib o‘tgan. Audioda Stoun hamda Kredik WikiLeaks’ni qayta-qayta muhokama qilishgan, deya qo‘shimcha qiladi telekanal. Xususan, unda Stoun Krediko WikiLeaks asoschisi Julian Assanj bilan 2016 yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida uning vositachisi sifatida ishlaganini ta'kidlab o‘tgan. Krediko bu ayblovlarni rad etdi.

Maxsus prokuror Robert Myuller hozirda Qo‘shma Shtatlarda Trampning uzoq muddatli ittifoqdoshi - Rojyer Stounning 2016 yilgi saylovlarga Rossiya aralashuvi bo‘yicha sa'y-harakatlarda, shuningdek, WikiLeaks bilan ehtimoliy aloqalarni o‘rnatishda ishtirok etganligini surishtiruvdan o‘tkazmoqda.

Xususan, Myuller audioyozuvni qabul qilib olgani haqidagi xabar shuni ko‘rsatadiki, tergov hamon Trampning maslahatchisi xakerlik yo‘li bilan buzib kirish orqali olingan, Demokratiya partiya milliy qo‘mitasi va 2016 yilgi saylovlarda uning nomzodi bo‘lgan Xillari Klintonning elektron yozishmalarini e'lon qilgan WikiLeaks bilan aloqalarda bo‘lgan, deb fikrda qolmoqda. 

2016 yilgi prezidentlik saylovlari vaqtida Rojyer Stoun Assanj bilan vositachi orqali gaplashganini bildirgan, deya eslatadi CNN.

Rossiya Amerika saylov jarayoniga aralashganini rad etib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Reuters AQShning obro‘si pasayib ketgani haqida yozgandi

Mavzuga oid