Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York meri Trampdan barcha to‘lamagan soliqlarini undirishga va'da berdi
Nyu-York ma'muriyati AQSh prezidenti Donald Trampdan soliqlar to‘lashdan bosh tortib to‘lamagan barcha pullarni undiradi. Bu haqda Nyu-York meri Bill de Blazio matbuot anjumanda aytib o‘tdi.
U Tramp soliqlarni to‘lamagani haqida The New York Times nashrida bildirilgan ayblovlar haqiqatga mosligiga ishonch bildirgan. Merning aytishicha, Tramp “soliq idoralarini aldagan, qoidalarni chetlab o‘tib, ko‘plab marta sud va tergovlardan qocha olgan”. “Ochig‘ini aytganda, agar Nyu-Yorkdagi davlat ishchilari o‘z vazifalarini vijdonan bajarganlarida Tramp hech qachon AQSh prezidenti bo‘la olmasdi”, deb aytgan de Blazio.
The New York Times’ning ta'kidlashicha, Tramp ko‘chmas mulk sohasida otasidan soliqdan qochishda ko‘mak bergani uchun kamida 413 mln dollar olgan.
Maqolaga ko‘ra, Trampning ota-onasi o‘z farzandlariga 1 mlrd dollardan ko‘proq naqd pul va ko‘chmas mulk bergan. AQShda belgilangan 55 foizlik soliq stavkasiga ko‘ra, to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq kamida 550 mln dollarni tashkil qilishi kerak bo‘lgan. Tramplar esa aslida 5 foizlik stavka bo‘yicha bor-yo‘g‘i 52,2 mln dollar soliq to‘lashgan. Nashrning fikricha, AQSh soliq idoralari Tramp soliqdan qochishning shubhali, gohida esa ochiqchasiga qonunga zid sxemalarini qo‘llaganiga qarshi deyarli hech qanday qarshilik ko‘rsatishmagan.
Trampning advokati nashrda bildirilayotgan ayblovlarni soxta deb atagan.
Mavzuga oid
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021