O‘zbekiston | 15:45 / 04.10.2018
13914
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 2030 yilgacha parnik gazlarni kamaytirish bo‘yicha majburiyatlarni oldi

Foto: Newstracker

O‘zbekiston 2030 yilga borib YaIM birligiga parnik gazlar chiqarib tashlanishini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi, deya xabar berdi Senatning Xalqaro aloqalar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi Rahmatulla Nazarov, deb yozadi «Narodnoye slovo».  

Mamlakat prezidenti tomonidan imzolangan «Parij bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonun (Parij, 2015 yil 12 dekabr) kecha kuchga kirdi.

«Bitimni imzolash uchun BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Kotibiyatiga hujjat topshirildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi 2030 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli istiqbolda iqlim o‘zgarishiga bilan kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirmoqchi - 2030 yilga kelib parnik gazlar chiqarib tashlanishini YaIMning 10 foizlik birligigacha kamaytirish», - dedi senator.

Uning so‘zlariga ko‘ra, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish, ekologiya sohasida qonunchilikni mustahkamlash, yangi qurilgan korxonalarni maxsus texnika bilan jihozlash bo‘yicha tegishli jahon standartlarini joriy etish nazarda tutilmoqda. Bu parnik gazlar chiqarib tashlanishini imkon qadar kamaytirishga yo‘l beradi.

«Mamlakatimizda barcha tarmoqlarning rivojlanish darajasi hali yuqori emas, biz parnik gazlar chiqarib tashlanishining minimal darajasini saqlab turibmiz. Biroq, yuqori ta'sirchanlik va moslashish  hozircha past imkoniyatlar tufayli O‘zbekiston Jahon banki tomonidan iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga eng zaif mamlakatlardan biri sanaladi», - deya ta'kidlab o‘tdi Nazarov.

Mavzuga oid