Jahon | 15:00 / 05.10.2018
10892
2 daqiqa o‘qiladi

Chegara mashmashasi. Qodirov Ingushetiya bilan chegara to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Foto: Foto: Astafev Aleksandr / TASS

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov, ilgari respublika parlamenti tomonidan tasdiqlangan, Ingushetiya bilan chegarani belgilash to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi. Bu haqda «RIA Novosti» respublika rahbari ma'muriyatiga asoslanib xabar bermoqda.

26 sentabr kuni Qodirov va Ingushetiya rahbari Yunusbek Yevkurov o‘z hududlari o‘rtasidagi chegarani aniqlash to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Ta'kidlanishicha, Ingushetiyaning Sunjyenskiy tumanidagi tog‘li o‘rmonzorlar Chechenistonga berilgan. Ingushetiya Chechenistonning Nadterechniy tumanidagi xuddi shunday hududni oldi.

«Checheniston rahbari Ingushetiya va Checheniston Respublikasi o‘rtasidagi chegara to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. U rasmiy e'lon qilinganidan 10 kun o‘tib kuchga kiradi», - deya xabar berishgan ma'muriyatdan.

Checheniston va Ingushetiya o‘rtasidagi ma'muriy chegara to‘g‘risidagi masala 1990 yil boshlarida, hukumat tepasiga Johar Dudayev kelganidan so‘ng ChIASSR tarkibiga kirgan ikki respublika bo‘linib ketganidan so‘ng tez-tez yuzaga chiqa boshlagandi.

1993 yilda Checheniston rahbari Johar Dudayev va Ingushetiya rahbari Ruslan Aushev imzolagan shartnomaga ko‘ra, Sunjyenskiy rayoni Sernovodsk va Assinovskaya aholi punktlaridan tashqari, Ingushetiya tarkibiga o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ingushetiya va Checheniston chegara to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagani xabar berildi.

Mavzuga oid