Xitoy AQSh vitse-prezidentini tuhmat qilishda aybladi

Foto: Getty Images
Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chuninning ma'lum qilishicha, AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens mamlakatga tuhmat qildi va unga «asossiz ayblovlar» qo‘ydi. Vakilning so‘zlari Xitoy Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida e'lon qilingan.
Uning ta'kidlashicha, Xitoy hukumati har doim boshqa mamlakatlar, jumladan, AQSh ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin ushbu vaziyat kelajakda ham davom etishidan manfaatdordir.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Vashingtondan AQSh va XXR munosabatlariga zarar yetkazishni to‘xtatishni talab qildi, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Qo‘shma Shtatlarga nisbatan «izchil va aniq» siyosatga amal qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp ma'muriyati Xitoy bilan ziddiyatni davom ettirmoqchi emasligi xabar berilgandi.
Mavzuga oid

08:50
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha ishlarni yakunladi

08:10
AQSh Rossiya va Kiyev o‘rtasida «chopib yuradigan» vositachi bo‘lmaydi

22:25 / 02.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi

21:53 / 02.05.2025