Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ G‘ofur Rahimovga 2018 yilgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga borishni taqiqladi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro havaskorlik boks uyushmasi (AIBA) vaqtinchalik rahbari G‘ofur Rahimovga 2018 yilgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga tashrif buyurishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda Insidethegames.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bosh direktori Kristof De Kepperning ma'lum qilishicha, qo‘mita «AIBA bilan ish bo‘yicha munosabatlardan tashqari, barcha aloqalarni hamon muzlatib qo‘ygan», deb yozmoqda R-sport.
O‘zbekiston vakili Rahimov AIBA rahbari lavozimiga yagona nomzod sanaladi. AQSh Moliya vazirligining chet el aktivlarini nazorat qilish bo‘yicha departamenti Rahimovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi, XOQ unga ushbu lavozimga o‘z nomzodini ilgari surishi boksning olimpiya maqomini saqlab qolish masalasiga ta'sir qilishi mumkinligi haqida xabar berdi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ijro qo‘mitasi payshanba kuni tashkilotdagi saylovlar bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirda ekanini bildirdi va AIBA’ni 2020 yilgi o‘yinlardan boshlab Olimpiya oilasidagi joyidan mahrum bo‘lishi mumkinligi haqida xabardor etdi.
O‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari 6-18 oktabr kunlari Buenos-Ayresda (Argentina) bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AIBA Ijroqo‘mi tashkilotning sobiq rahbarlarini boksdan umrbod chetlatishga qaror qilgandi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
16:55 / 11.04.2025