Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘smirlar Olimpiadasida qatnashuvchi O‘zbekiston sport delegatsiyasi Buenos-Ayresga yetib bordi
Bugun, 5 oktabr kuni Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar Olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston delegatsiyasining asosiy qismi Argentina poytaxtiga yetib bordi, deb ma'lum qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
«Ezeiza International» xalqaro aeroportida O‘zbekiston vakillarini Milliy olimpiya qo‘mitasining ishchi guruhi a'zolari kutib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, 6-18 oktabr kunlari Buenos-Ayresda III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqada O‘zbekiston sharafini sportning 16 turida 37 nafar sportchi himoya qiladi.
Olimpiadaning ochilish marosimi 6 oktabr (Toshkentda 7 oktabr tongi) kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumot uchun, III yozgi o‘smirlar Olimpiadasida jahonning 206 mamlakatidan 15-18 yoshdagi 3926 nafar sportchi ishtirok etadi. 32 sport turida bahslar tashkil qilinadi. O‘yinlarda ilk marotaba ishtirokchi o‘g‘il-qizlar soni mutanosibligi vujudga kelgan (1963 nafardan).
Mavzuga oid
10:39 / 22.10.2018
O‘smirlar Olimpiadasida ishtirok etib qaytgan O‘zbekiston delegatsiyasi tantanali ravishda kutib olindi
16:40 / 19.10.2018
O‘smirlar Olimpiadasi yakunlari. Eng ko‘p medalni O‘zbekiston qaysi sport turlarida qo‘lga kiritdi?
08:13 / 19.10.2018
O‘smirlar Olimpiya o‘yinlari: O‘zbekiston 206 mamlakat ichida 13-o‘rinni egalladi
22:09 / 18.10.2018