O‘zbekiston | 08:05 / 06.10.2018
58222
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yil 1 yanvardan majlis va yig‘ilishlarni o‘tkazish yangicha tartibda amalga oshiriladi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi

Hujjat bilan belgilanishicha:

2019 yil 1 yanvardan boshlab respublika va hududlar darajasidagi majlis va yig‘ilishlarni o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar bundan mustasno, faqatgina «Ijro.gov.uz» tizimidagi majlislar va yig‘ilishlar maxsus markazlashgan ma'lumotlar bazasiga o‘tkazilayotgan tadbirning maqsadi, natijalari, ishtirokchilar tarkibi va davomiyligi ko‘rsatilgan qaydlar kiritilganidan so‘ng amalga oshiriladi; 

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmalari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlari faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ruxsati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgandan so‘ng uzaytiriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan birgalikda majlislar va yig‘ilishlarning «Ijro.gov.uz» tizimidagi markazlashgan ma'lumotlar bazasida qayd etilmagan holda o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid