Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga prezidenti: «10 ming dollarga garov bog‘layman: o‘yin aniq Mayamida bo‘ladi»
La Liga prezidenti Xaver Tebas «Jirona» - «Barselona» o‘yinining AQShda o‘tkazilishiga ishonchi komil ekanini aytdi.
«O‘yin Qo‘shma Shtatlarda bo‘lishiga 10 ming dollar tikaman», - deb aytgan Tebas CNN muxbiri bilan suhbatda.
«Men Ispaniya va sport olamini juda yaxshi bilaman. Shu boisdan bu oson kechmasligini, vaziyatni hal qilish kerakligini ham tushunaman. Nazarimda, har ikkala jamoa o‘yinchilari ham Amerikada o‘yin o‘tkazishni istaydi. Ammo La Liga doirasidagi rasmiy uchrashuv bo‘lgani uchungina buni xohlamasliklari bema'nilik», - deb aytgan Tebas.
«Mayamida o‘yin o‘tkazishimiz deyarli aniq. Biz bu fikrimizga qarshi chiqishlarini bilgandik, bu meni hayron qoldirayotgani yo‘q. Bu – strategiyamizning bir qismi edi. Rejamiz bor va biz u bo‘yicha ishlashda davom etmoqchimiz. Maqsadimiz – Mayamidagi «Hard Rock Stadium»da 26 yanvar kuni soat 14:45 da o‘yin o‘tkazish», - deya gapni qisqa qilgan La Liga prezidenti.
Qayd etish joiz, La Liga prezidentining tarafdorlari bu g‘oyani amalga oshirish uchun ancha ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi. Chunki FIFA prezidenti ham, Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti ham va hatto Ispaniya bosh vaziri ham bu loyihaga qarshilik qilmoqda.
Mavzuga oid
12:28 / 28.10.2023
La Ligada El-klasiko, APLda Manchester derbisi, A Seriyada azaliy raqiblar to‘qnashuvi. Hafta o‘yinlari anonsi
18:38 / 15.07.2023
La Liga klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda
01:31 / 16.06.2023
Futbol va iqtisodiyot: Yevropa futboli pandemiya oqibatlarini yengib o‘tdi va o‘sishga qaytdi
02:15 / 15.05.2023