Jahon | 16:40 / 06.10.2018
26640
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Londonda erkak Yevrotunnel sobiq rahbarini poyezd tagiga itarib yubordi

London metrosida erkak kishi Yevrotunnelning sobiq rahbari ser Robert Malpasning hayotiga suiqasd uyushtirdi. Ro‘y bergan voqea tasvirlangan video Britaniya transport politsiyasi tomonidan e'lon qilindi.

Videoyozuvdan ko‘rish mumkinki, erkak Malpasning oldiga yugurib kelgan va uni poyezd bekatga kirib kelishidan avval relslarga itarib yuborgan.

Britaniya politsiyasining aytishicha, hujum qilgan shaxs 46 yoshli Pol Krosslidir. U o‘z xatti-harakatiga «kecha tunda yetarlicha uxlamagani» bilan izoh berdi.

Independent’dan ta'kidlashlaricha, Yevrotunnelning sobiq rahbari «Riyod» mehmonxonasi xodimi Al Hussaniy tomonidan qutqarib qolingan - u yordam so‘ralgani haqidagi baqiriqni eshitgan va Malpasni poyezd kelishidan bir daqiqa oldin tortib chiqargan.

Mavzuga oid