O‘zbekiston | 00:23 / 07.10.2018
11974
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh savdo vaziri O‘zbekistonga keladi

Foto: Doug Mills / The New York Times

Amerika Qo‘shma Shtatlari savdo vaziri Uilbur Ross (Wilbur Ross) O‘zbekistonga kelmoqda. Bu haqdagi ma'lumot O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida berilgan.

TIV saytidagi xabarga ko‘ra, 2018 yilning 4 oktabr kuni Vashingtondagi Milliy press-klubda Markaziy Osiyo va Kavkaz Instituti (CACI) tomonidan chop etilgan «O‘zbekistonning yangi yuzi» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tgan.

Kitob ishbilarmon doiralar va investorlar, birinchi galda G‘arb davlatlari vakillari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi hamda O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va rivojlanayotgan investitsion muhitini to‘la ochib beradi. Shu nuqtayi nazardan AQSh savdo vaziri Uilbur Rossning joriy yil oktabr oyida O‘zbekistonga bo‘lajak birinchi tashrifi ijobiy baholandi, deyiladi xabarda.

Qayd etib o‘tish joizki, 2018 yilning dastlabki 8 oyi mobaynida AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro mahsulot aylanmasi 300 million dollardan oshgan. Holbuki, butun 2017 yilda bu ko‘rsatkich 210,2 million dollarni tashkil etgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid