Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yo‘lovchilarga hujum qilindi: 2 kishi halok bo‘ldi, 16 nafari jarohatlandi
Xitoyning sharqiy qismida noma'lum erkak ko‘chadagi yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qildi, so‘ngra avtomobilda olomon ustiga bostirib bordi. Mahalliy politsiya shu haqida xabar berdi.
Voqea 6 oktabr kuni kechqurun Chjetszyan provinsiyasidagi Ninbo shahrining Beylun tumanida ro‘y berdi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Van familiyali gumondor shaxsiy muammolari sabab yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qilgan, keyin esa avtomobilda odamlar ustiga bostirib borgan. Natijada 2 kishi halok bo‘lgan, 16 nafari jarohatlangan.
Shu kuni kechqurun politsiya gumondorni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025