Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi tabiiy ofat asoratlarining sun'iy yo‘ldoshdan olingan videosi taqdim etildi
Indoneziyaning Palu shahri Balaroa va Petobo tumanlarini zilzila natijasidagi vayronagarchilik asoratlari sun'iy yo‘ldoshdan olingan tasviri tarqaldi. Indoneziya tabiiy ofatlarga qarshi kurashuvchi Milliy kengashining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rahbari Sutopo Purvo Nugroxo Instagram'da ushbu video bilan bo‘lishdi.
Tabiiy ofat gruntning siljishiga olib keldi. Shiddatli tezlikdagi loy oqimlari yo‘lda uchragan bino va inshootlar, avtomobillar va daraxtlarni yuvib ketdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar 1763 kishining jasadini vayronalar ostidan qutqarishgan. 5 mingga yaqin kishi dom-daraksiz yo‘qolgan.
Hukumat Paluning eng ko‘p jabrlangan hududlarini ommaviy qabrlar deb e'lon qilib, qidiruv ishlarini to‘xtatishga chaqirdi. Zero qutqaruvchilar jasadlarning ko‘pligi bois tif yoki vabo kabi kasalliklar bilan kasallanishi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025