Jahon | 19:56 / 07.10.2018
17956
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Xalqaro valyuta jamg‘armasi kreditlaridan voz kechdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uning mamlakati Xalqaro valyuta jamg‘armasi kreditlaridan boshqa foydalanmoqchi emasligini aytdi.

“Biz XVJ kreditlari sahifasini boshqa uni ochmaslik uchun yopdik”, deb aytgan Erdo‘g‘an Adolat va taraqqiyot partiyasi faollari oldidagi nutqida.

Erdo‘g‘an buni oxirgi vaqtda Vashington bilan taranglashgan munosabatlar ortida aytib o‘tdi. Bunga xususan amerikalik pastor Endryu Bransonning Turkiyada 2016 yilda hibsga olinishi sabab bo‘lgan. AQSh shu ish bo‘yicha Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga qarshi sanksiyalar kiritgan. 

Keyinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyadan eksport qilinuvchi alyuminiy va po‘latga bojlarni 2 martaga, ya'ni mos ravishda 20 va 50 foizgacha oshirishga qaror qilgan. Anqara esa bunga javoban AQShdan eksport qilinuvchi umumiy miqdori 533 mln dollarlik 22 ta mahsulot, jumladan, tamaki, spirtli ichimliklar, avtomobil, kosmetik mahsulotlar, guruch va mevalarga bojlar qiymatini oshirgan. 

Mavzuga oid