Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Zenit» asosiy raqibi ustidan g‘alaba qozondi va turnir jadvalidagi o‘rnini mustahkamladi
Rossiya Premer-Ligasida 10-turning markaziy uchrashuvi «Zenit» va «Krasnodar» o‘rtasida kechdi. Turnir jadvalida birinchi va ikkinchi o‘rinlarda joylashgan jamoalar uchrashuvida mezbonlar g‘alaba qozonishdi, «Sankt-Peterburg» stadionida kechgan o‘yin 2:1 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yindagi gollarning barchasi ikkinchi bo‘limda urildi. Piterliklar 50-daqiqada Artyom Dzyubaning goli evaziga hisobni ochishdi. 15 daqiqadan keyin Robert Mak jamoasi ustunligini oshirdi. Ikki golga ham Sebastyan Driussi hammualliflik qildi. 81-daqiqada «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev penaltidan bitta javob goli urdi.
O‘yinni krasnodarliklar bir kishi kam bo‘lib yakunlashdi - Sergey Petrov 85-daqiqada maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, «Krasnodar» RPLda 4 o‘yin davom etgan g‘alabali seriyani to‘xtatdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibini mag‘lub etgan «Zenit» 25 ochko to‘plagan holda RPL turnir jadvalida birinchi o‘rinni mustahkamlagan, ikkinchi o‘rindagi «Krasnodar» endilikda 6 ochkolik farq bilan ortda qolmoqda.
Rossiya chempionati
10-tur
Zenit – Krasnodar 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 50 Dzyuba, 2:0 – 65 Mak, 2:1 – 81, penalti Mamayev.
Zenit – Lunev, Ivanovich, Chernov, Smolnikov, Netu, Yeroxin (Kokorin, 46), Paredes, Kuzyayev, Mak (Zabolotnyy, 90), Dzyuba (Mammana, 89), Driussi.
Krasnodar – Kritsyuk, Petrov, Spayich, Martinovich, Mamayev, Gazinskiy, Klasson, Pereyra (Kueva, 70), Vanderson (Ramires, 72), Kabore (Okriashvili, 77), Stotskiy.
Ogohlantirishlar: Martinovich (14), Kuzyayev (17), Stotskiy (39), Gazinskiy (48), Netu (78), Ivanovich (80), Paredes (83), Klasson (90).
Chetlatish: Petrov (85).
Mavzuga oid
21:00 / 24.05.2025
«Krasnodar» tarixda birinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi
11:07 / 03.05.2025
Rasmiylar: Ukraina dronlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi
21:14 / 07.04.2025
Toshkentdan Krasnodarga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
10:23 / 10.02.2025