Jahon | 08:45 / 08.10.2018
5411
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyalik bog‘bon asalarilarni zaharlagani uchun qamoq jazosi oldi

Foto: TASS/DPA/Wolfgang Kumm

Avstriyaning Klagenfurt shahri sudi mahalliy bog‘bonni asalarilarning 50 koloniyasi nobud bo‘lishida aybdor deb topib, unga bir yillik qamoq va 20 ming yevro miqdorida jarima to‘lash jazosini tayinladi.  

Meva daraxatlari plantatsiyasining 47 yoshli egasi daraxatlarga xlorpirifos pestitsidi bilan ishlov bergan. Buning oqibatida ushbu hududdagi asalarichilarga tegishli arilar nobud bo‘lgan.

Sud ayblanuvchi professional bog‘bon bo‘la turib, pestitsidlar arilarga va buning oqibatida “zaharlangan” asalni iste'mol qiladigan odamlarga qanday ziyon yetkazishi mumkinligini bilishi kerakligi haqida qaror chiqargan.
 
Ta'kidlanishicha, bog‘bon sud qarori ustidan shikoyat qilmoqchi.

Mavzuga oid