Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedovning otasi o‘g‘lini qattiq jazolashga va'da berdi
MMA’dagi rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiysi Abdulmannop jangdan keyingi mushtlashuv uchun o‘g‘lini jazolashga va'da berdi. U bu haqda «Ren TV» telekanaliga aytib o‘tdi.
«Sen oktagonda nima xohlasang, shuni qilishing mumkin. Undan tashqarida - bolalar, ayollar, begona odamlar. Mening jamoam har doim intizomi bilan mashhur bo‘lgan, shuning uchun Habibga qarshi sanksiyalar UFC’dan ham qattiqroq bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi katta Nurmagomedov. Uning qo‘shimcha qilishicha, ro‘y bergan hodisa uchun mas'uldir.
7 oktabr kuni tongda o‘tkazilgan UFC 229 turnirining asosiy jangida Habib Nurmagomedov Konor Makgregorni 4-raundda bo‘g‘ish usuli bilan taslim etdi. Jang yakunida dog‘istonlik oktagondan sakrab chiqdi va irlandiyalik raqibining murabbiyi Dillon Dennisga tashlandi. Xuddi shu vaqtda uning jamoa a'zolari oktagon ichiga kirib Makgregorning o‘ziga hujum qilishdi. Janjal politsiyachilar aralashuvi bilan to‘xtatildi.
Mavzuga oid
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
02:47 / 22.10.2023