Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rus mafiyasiga aloqador». AQShda rossiyalik yana bir milliarderning aktivlari muzlatildi
AQShda rossiyalik milliarder va «RUSAL» konserni egasi Oleg Deripaskaning aktivlari muzlatildi. Bu haqda New York Post nashri Amerika Moliya vazirligi amaldorlariga tayangan holda yozmoqda.
Aprel oyida AQSh hukumati milliarder Oleg Deripaskani sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi. Xususan, Nyu-Yorkdagi Yuqori Ist-Sayd tumanida, shuningdek, Vashingtonda joylashgan qasr muzlatib qo‘yilgan aktivlar orasiga kiritildi.
AQSh rasmiylarining fikricha, Deripaska «rus mafiyasi yetakchilariga», shuningdek, Kremlga aloqador, deyiladi materialda. Shuningdek, nashrning yozishicha, Deripaska yillar davomida Qo‘shma Shtatlarda moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topilgan AQSh prezidentining saylovoldi kampaniyasi sobiq rahbari Pol Manafortga pul to‘lab kelgan. Hozirgi vaqtda Manafort «Rossiya ishi» bo‘yicha surishtiruv jarayoniga rahbarlik qilayotgan AQSh maxsus prokurori Robert Myuller jamoasi bilan hamkorlik qilmoqda.
Hozirda AQSh Moliya vazirligining mansabdor shaxslari Deripaska bilan Yevropada aktivlar bilan amaliyotlardan bosh tortish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qiladi NY Post.
Rossiyalik milliarder 2008 yilda ko‘chmas mulkni 42,5 million dollarga sotib olgan, deyiladi materialda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh rossiyalik milliarder Vladimir Yevtushenkovga sanksiya qo‘llamoqchi ekani, u O‘zbekistonda noqonuniy operatsiyalar amalga oshirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025