Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘smirlar Olimpiadasidagi ilk medal taekvondoda qo‘lga kiritildi
Buenos-Ayresda III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari boshlandi. Musobaqaning ilk kunida medallar uchun kurash olib borgan uch sportchidan bir nafari sovrindorlar safidan joy oldi.
Taekvondo bo‘yicha -48kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini qilgan Ulug‘bek Rashidov musobaqa davomida Mo‘g‘uliston va Janubiy Koreya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha yetib bordi.
Hal qiluvchi jangda u rossiyalik Dmitriy Shishkoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va yakunda kumush medalga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, kichik olimpiada musobaqalarida 37 nafar atlet sportning 16 turida O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.
Mavzuga oid
22:27 / 04.12.2024
Ulug‘bek Rashitov jahonning 2024 yildagi eng yaxshi taekvondochisi bo‘ldi
20:07 / 08.08.2024
Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga chiqdi
08:05 / 21.06.2024
O‘zbekiston taekvondo milliy jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi
00:13 / 03.09.2023