Eronning AQShga arzi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi
Eron AQShning yadroviy kelishuvdan bir tomonlama chiqishi va sanksiyalari yuzasidan BMT Xalqaro sudiga qilgan arzi bo‘yicha dastlabki sud jarayoni boshlandi.
Joriy haftada sudyalar tomonlarning shikoyatlarini tinglashadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, umuman olganda ushbu ish bir necha yilga cho‘zilib ketishi mumkin.
O‘tgan haftada Xalqaro sud Eronning AQShga arzi bo‘yicha dastlabki qarorni chiqargan. Unga ko‘ra, AQSh Eronga qarshi sanksiyalar doirasida gumanitar yordam va fuqarolik aviatsiyasi bilan bog‘liq tovarlarga taqiq qo‘ymasligi kerak.
Sud qarorni chiqarishda Eron va AQSh o‘rtasida 1955 yilda tuzilgan do‘stlik haqidagi kelishuvga asoslangan. Sud ikki tomonni kelishmovchilikni yanada chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirgan. Qarorda ta'kidlanishicha, butun jarayon davomida Eronga biror-bir ziyon yetkazilishi oldi olinadi.
Xalqaro sud qaroridan keyin Vashington Eron bilan tuzilgan do‘stlik haqidagi kelishuvdan chiqishini ma'lum qilgan.
Avgustda AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan yadroviy bitimdan chiqishini va Tehronga qarshi sanksiyalar tiklanishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
13:52 / 22.11.2024