Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada makkapoyalar orasi, poyabzal hamda tamaki qutilariga yashirilgan og‘ular fosh etildi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Rishton tumanida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.A.ning xonadoni xizmat iti yordamida tekshirilganda, devor orqasidagi makkapoyalar orasida bir tup nasha o‘simligi yetishtirilayotgani ma'lum bo‘ldi.
Shuningdek, uydagi xonalarning biridagi tamaki qutisida dori qog‘oziga o‘rab joylangan hamda poyabzal qutisidagi sellofan paketga o‘rab joylangan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tadbirda jami 6 gramm “marixuana” va bir tup nasha o‘simligi ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining bildirishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.