Jahon | 00:47 / 09.10.2018
2273
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone foydalanuvchilarining Google’ga 4,3 mlrd dollarlik arzi rad etildi 

London sudi iPhone foydalanuvchilarining Google’ga 4,3 mlrd dollarlik arzini rad etdi. Google jamoaviy arznomani 2018 yil mayida olgan. O‘shanda Which? tadqiqotchilik kompaniyasining sobiq direktori Richard Lloyd Google’ni 4,4 mln nafar britaniyalik iPhone foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlarni noqouniy yig‘ishda ayblagan va kompaniyadan 3,2 mlrd funt sterling (4,3 mlrd dollar) talab qilgan.  

Lloydning fikricha, Google kompaniyasi Safari brauzerining maxfiy qolish sozlanmalariga qaramay, 2011 yil iyundan 2012 yil fevralgacha foydalanuvchilar qanday saytlarga kirayotganlari ortidan kuzatgan. Ta'kidlanishicha, kompaniya bu ma'lumotlardan reklama targetingi uchun foydalangan.

Biroq 8 oktabrda London oliy sudi arznomaga rad javobi bergan. Lloyd uning talabiga 20 ming kishi qo‘shilgani va ularning barchasi sud qarori ustidan arz qilishlarini aytgan.

Kompaniya vakillari esa Lloydning ayblovi “ma'noga egamasligini” aytib, sudning qarorini qutlashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid