Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoning Kitob tumanida gaz portlashi oqibatida 2 nafar yosh bola halok bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma'lumotga asosan, joriy yilning 8 oktabr kuni soat 10:04larda Kitob tumani, “Istiqlol” MFY, Qashqadaryo ko‘chasi, 38-uyning (uy egasi 1947 y.t. A.Parmonov) oshxonasida gaz plitasining nosozligi sababli havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.
Chaqnash oqibatida oshxona shiftining 4 kvadrat metr maydoni yongan. Yong‘in oqibatida 2 nafar fuqaro jarohat olib, kasalxonada vafot etgan, bir nafar fuqaro kuyish tan jarohatlari bilan Kitob tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.
Uy egasining nabiralari 5 yoshli Bellura Xomidova (2013 y.t., tanasi 100 foiz kuygan) va
2 yoshli Farzona Xomidova (2016 y.t. 100 foiz kuygan) halok bo‘lgan.
Uy egasining kelini Baxtigul Jamolova (1991 y.t., tanasining 40-45 foizi kuygan) o‘rta og‘irlikda jarohat olgan.
Voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025