Jahon | 15:15 / 09.10.2018
21753
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning 16 fuqarosi Irkutsk aeroporti orqali Rossiyadan chiqarib yuborildi

Foto: snews.ru

Bu yil Irkutsk, Novosibirsk, Moskva, Belgorod va Rostovdagi aeroportlarda 518 nafar noqonuniy muhojir davlat chegarasi orqali Rossiyadan chiqarib yuborildi, deya xabar beradi BezFormata.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilga nisbatan 113 kishiga ko‘p. O‘zbekiston fuqarolari chet elga chiqarib yuborilgan migrantlarning 60 foizini tashkil qiladi, Tojikistonda esa - 19 foiz.

Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining Irkutsk oblasti bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari Irkutsk aeroporti orqali O‘zbekistonning 16 fuqarosi chiqarib yuborilgan. Hozirgi kunda sud organi tomonidan chiqarib yuborilishi lozim bo‘lgan va maxsus muassasada saqlanayotgan chet el fuqarolari soni  82 nafarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Pavlodarida o‘zbekistonlik 32 nafar noqonuniy migrant ushlangani xabar qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid