Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xabib Nurmagomedovning otasi chempionni qanday qilib tarbiyaladi: 5 bukilmas qoida
6 oktabr kuni Xabib Nurmagomedov Konor MakGregorga qarshi bo‘lib o‘tgan jangda yengil vaznda UFC chempioni titulini himoya qildi. Uning otasi va murabbiyi Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘lining bu muvaffaqiyatini turlicha baholadi, hattoki uni jangdan keyingi qiliqlari uchun jazolashini ham aytdi. Chempionning bolaligi qanday o‘tgan o‘zi? Life.ru Xabib Nurmagomedovni tarbiyalashda ishlatilgan besh prinitsip haqida hikoya qilib berdi.
O‘z xatti-harakati uchun mas'uliyat

Murabbiy Abdumannop Nurmagomedov yoshligidan Xabibga o‘z harakatlari uchun mas'uliyat hissini tuyishni o‘rgatgan. Bolakay yoshligidan sport bilan shug‘ullana boshlagan, o‘z tengdoshlaridan kuchli bo‘lgani sababli ko‘chalarda ham mushtlashib turgan, lekin doim o‘z xulqi uchun javob bergan. MakGregor bilan bo‘lib o‘tgan jangdan keyingi mushtlashuvni ham otasi va murabbiyi e'tiborsiz qoldirmadi: «Men o‘zimning qat'iy sanksiyalarimni joriy etishga majburman. U UFC saksiyalaridan ham qat'iyroq bo‘ladi».
«Otam jazolamasdan qo‘ymas edi. Agar inson qandaydir xatti-harakatni sodir etsa, unga javob berishi lozimligini his qilishi kerak, derdi u. Menimcha bu juda to‘g‘ri, chuni aksi bo‘lishi mumkin emas», — deydi Xabib Nurmagomedov.
Ota-onaga hurmat
Xabib o‘zining deyarli har bir intervyusida otasini qattiq hurmat qilishini ta'kidlab keladi. Otasining har bir so‘zi u uchun qonun ekanligini ta'kidlashdan charchamaydi. Aynan otasi bolakayni kurash to‘garagiga boshlab borgan va uzoq yillar mobaynida uni chempionlik yo‘lida tarbiyalagan.
«Hayotimda otamning roli juda katta va barcha jiddiy qarorlarga otam bilan maslahatlashganimdan so‘nggina kelaman. Yana jang qilish-qilmasligim faqat Yaratganga va otamning fikriga bog‘liq. Ota-onaning duosini olish — bu eng asosiy narsa», — deydi Xabib Nurmagomedov.
Oila va vatanni himoya qilishga tayyorlik

Abdulmannopning aytishicha, o‘g‘lidagi alohida iqtidorni darhol payqamagan. Lekin u Xabibni yaqinlari va o‘z mamlakati himoyasiga tura olishi uchun urishishga o‘rgatish zarur, deb hisoblagan. Faqatgina yuqori sinflarda Abdulmannop chin yigit emas, dovruqli sportchini ham tarbiyalayotganini tushunib yetadi.
«Dog‘istondagi har bir ota o‘z o‘g‘lini haqiqiy himoyachi — Vatan va oilani qo‘riqlay oladigan inson qilib tarbiyalashni istaydi», — deydi Habibning otasi.
Nafaqat g‘alabalar, mag‘lubiyatni ham hazm qilish

Xabib Nurmagomedovning hikoya qilib berishicha, otasi uni turli yakkakurash sport turlari bo‘yicha turnirlarga chiqarib turgan. Bolakay hamma joyda ham yaxshi natijalar ko‘rsatavermagan. Navbatdagi mag‘lubiyatlardan birida Xabib otasidan nega bunday qilayotganini so‘raydi va ustozi unga bu albatta uning foydasiga ishlashini aytadi.
«Men u mag‘lubiyat qanday bo‘lishini tushunib yetishini istagan edim. Yaqinda Xabib shunday dedi: «Ota, siz o‘shanda hammasini to‘g‘ri qilgansiz. Endi men mag‘lubiyatga uchrashni juda yomon ko‘raman — yoshligimda «to‘yib» ketganman. Shuning uchun doimo g‘alaba qozonmoqdaman», — deydi Habib.
Tartib va qoidalarga hurmat

UFC chempioni aminki, bolada bo‘sh vaqt mutlaqo ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ko‘chada o‘tkazilgan bolalikni u noto‘g‘ri deb hisoblaydi. Xabibning fikricha, bolada rejim bo‘lishi va u ma'lum bir qoidalarga bo‘ysunishi kerak. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, aynan muhim mashg‘ulotlar bolalikni hayotning yorqin davriga aylantiradi.
«Sportchilarning bolalik davri yo‘q? Men bunga qo‘shilmayman. Aksincha, sportchilarda u yorqinroq bo‘ladi. Ularning bolaligi zalda, musobaqalarda va mashg‘ulotlarda o‘tadi», — deydi Xabib Nurmagomedov.
Mavzuga oid
16:46 / 03.07.2020
Habib Nurmagomedovning otasi koronavirusdan vafot etdi
22:02 / 25.04.2020
Habib Nurmagomedovning otasi pnevmoniya bilan og‘rigani xabar qilindi
08:00 / 26.11.2019
Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi
00:44 / 18.09.2019