Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:
12-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining yashash (doimiy propiska yoki vaqtincha (turgan joyi bo‘yicha) hisobga olingan) joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig‘i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a'zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi”.
13-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“Vaqtincha (turgan joyi bo‘yicha) hisobga olingan joydan ariza bilan murojaat qilganda, doimiy propiskadan o‘tgan joyi bo‘yicha nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlanmaganligi haqida ma'lumotnoma”.
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi yettinchi xatboshilar deb hisoblanadi.
50-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek uning joylardagi organlari tomonidan bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlangan va to‘langan fuqarolar haqida ma'lumotlar elektron reyestri yuritiladi”.
Mavzuga oid
21:19 / 29.12.2024
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun yolg‘iz odamlarga ko‘mak dasturini ishga tushirdi
17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
20:56 / 20.10.2024