Jahon | 00:40 / 10.10.2018
4706
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston va Serbiya prezidentlari Ostonada uchrashishdi

Foto: kaznews.kz


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonada o‘zining serbiyalik hamkasbi  Aleksandr Vuchich bilan uchrashdi.

Serbiya prezidenti rasman kutib olingandan so‘ng tomonlar birga-bir va kengaytirilgan formatda uchrashuvlar o‘tkazishgan. Bu uchrashuvlar doirasida ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro kun tartibidagi masalalar muhokama qilingan.

Ikki davlat rahbari uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra matbuot anjuman o‘tkazishgan. Unda Nazarboyev Qozog‘istonda serb kapitali ishtirokida 20 ta korxona faoliyat yuritishini ta'kidlab o‘tgan

Qozog‘iston prezidentining aytishicha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish, transport, energetika va boshqa sohalar hisoblanadi. 

Nazarboyev Qozog‘iston Osiyo va Yevropa o‘rtasida yuklarni yetkazishni tezlashtirish uchun infratuzilma yaratishdan manfaatdorligini ta'kidlab o‘tgan.

Serbiya rahbari o‘z navbatida Qozog‘istonni Belgradda elchixona ochishga chaqirgan.

Nazarboyev Vuchichga ikki davlat o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi hissasi uchun “Do‘stik” ordeni topshirgan. Vuchich o‘z navbatida Qozog‘iston prezidentini o‘z davlatining eng oliy davlat mukofoti – 1-darajali “Serbiya Respublikasi ordeni” bilan taqdirlagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid