Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mamayev qamoqqa olindi, Kokorin ertaga so‘roq qilinadi
«Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev Moskva politsiyasida so‘roq qilindi va 48 soatga hibsga olindi, deb xabar beradi Mash.
«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin esa qidiruvga berilmadi. U uzrli sababga ko‘ra, so‘roqqa kechikib keldi va ertaga tergov qilinadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 8 oktabr kuni har ikkala futbolchi Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va «NAMI» tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni do‘pposlashgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu ish yuzasidan Moskva politsiyasi jinoyat ishi ochgan edi. Har ikkala futbolchiga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Mavzuga oid
01:16 / 22.01.2020
Yana Kokorin. «Sochi» uni ijaraga olganini e'lon qildi, hujumchining o‘zi va Semak bu xabardan hayron
22:10 / 28.09.2019
Qamoqdan chiqqan Mamayev «Rostov» bilan shartnoma imzoladi
11:47 / 17.09.2019
Video: Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev ozodlikka chiqishdi
12:16 / 06.09.2019