Sport | 10:38 / 10.10.2018
36680
1 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedov UFC prezidenti bilan hazillashdi

Foto: Instagram /khabib_nurmagomedov

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedov tashkilot rahbari Deyn Uaytga avtomobiliga zarar yetkazish bilan tahdid qildi. U Instagram'da Uayt g‘olibning kamarini bermaganida, buni qilishi haqida yozgan.

«Deyn Uayt, sening menga kamarni berganing tufayli omading keldi, aks holda men sening avtomobilingni yo‘q qilib tashlardim. Sening avtoturargohdagi joying qayerda ekanligini bilaman», - deb yozadi sportchi. U qo‘lida chempionlik kamarini ushlab turgani tasvirlangan suratni ham e'lon qilgan.

Izohlarda UFC rahbari bu haqida jangchining otasiga aytib berishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi o‘g‘lini jazolamaslikka qaror qilgani xabar berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid