“PROlogue” xalqaro kinofestivali noyabrda bo‘lib o‘tadi

Foto: PROlogue
27-30 noyabr kunlari Toshkent shahrida “PROlogue” xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi.
Ilk bor Xalqaro maqomda o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli tadbir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi kabi bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etiladi.
Festival tanlov dasturi:
– To‘liq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi;
– Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi;
– Qisqa metrajli badiiy milliy filmlar tanlovidan iborat.
Festival doirasida, konferensiyalar, master-klasslar, brifing, kino sohasiga bog‘liq davra suhbatlari va retro filmlar namoyishi bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilmoqda.
Xalqaro jyuri tomonidan eng zo‘r deb topilgan film kinofestival Gran-Prisiga sazovor bo‘ladi. Shuningdek, festivalda boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi.
Shu bilan birga, Festival direksiyasi o‘zbek va xalqaro kinoning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan ijodkorlarni sovrinlar bilan taqdirlashni ham rejalashtirib qo‘ygan.
Kinofestivalda ishtirok etish uchun talabnomalarni 2018 yilning 27 oktabrigacha www.prologuefilmfestival.com saytida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha topshirish imkoniyati mavjud.