Jahon | 07:28 / 10.10.2018
2929
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha dokladiga shubha bilan qaramoqda

Foto: AP Photo / Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Tramp BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha dokladiga shubha bilan qaramoqda.

“Menga uni berishdi va men uni kim, qanday odamlar tuzganini ko‘rmoqchiman, chunki dokladlar ajoyib bo‘lishi ham, uncha yaxshi bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq, albatta, uni o‘qib chiqaman”, deb aytgan Tramp.

Dokladda aytilishicha, sayyoramiz atmosferasida o‘rtacha yillik harorat sanoatlashuv davriga nisbatan 1 darajaga ko‘tarilgan va kelgusida 3-4 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Biroq Tramp va respublikachilar inson faoliyati bilan chaqirilgan global isish mavjudligi haqidagi ilmiy qarashlarga shubha bilan qarab keladilar. Tramp shu sababli energetika sohasidagi bir qator tartibga soluvchi me'yorlarni bekor qilgan va AQShning Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishini e'lon qilgan. 

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro ekspertlar ekotizimlar yo‘q bo‘lib ketishi oldini olish uchun 2050 yilgacha atmosferaga karbonat angidrid gazi chiqarilishini to‘liq to‘xtatishga chaqirishmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid