Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya saudiyalik jurnalistning o‘limida 15 kishidan iborat guruhni gumon qilmoqda
Turkiya politsiyasining taxminicha, Istanbulga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘ldirish maqsadida Saudiya Arabistonidan 15 kishidan iborat guruh kelgan. Politsiya ular Saudiya Arabistoni konsulligiga u yerda jurnalist bo‘lganda kelishganini o‘rgangan, deb xabar berdi The Daily Sabah nashri.
Ta'kidlanishicha, bu kishilardan bir qismi Turkiyaga muntazam reys bilan, qolgan qismi esa Sky Prime Aviation Services’ning xususiy samolyotlarida kelgan. Guruh a'zolari Saudiya Arabistoni konsulligi yaqinidagi Wyndham va Movenpick mehmonxonalarida to‘xtashgan. Ular kelgan kunlariyoq Saudiya Arabistoniga qaytib ketishgan.
Nashrdagi maqolada gumonlanuvchilarning suratlari ham keltirilgan.
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Saudiya Arabistoni konsulligiga kirib ketgach, izsiz yo‘qolgan. Konsullikda ta'kidlanishicha, jurnalist u yerni tark etgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025