Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada sobiq vazir o‘nlab odamlarning o‘limiga olib kelgan halokat uchun sudlandi
Argentinaning sobiq federal rejalashtirish vaziri Xulio De Vido o‘nlab odamlarning halok bo‘lishiga olib kelgan poyezdning halokatga uchrashi uchun 5 yil 8 oylik qamoq jazosi oldi.
Fojia 2012 yil fevralda yo‘lovchi poyezdi Buenos-Ayres markazidagi stansiyalardan birining perroniga yaqinlashish vaqtida to‘xtay olmay, oraliq tayanchga borib urilishi oqibatida yuz bergan. Oqibatda poyezd lokomotivi va uchta birinchi vagon bir-biriga urilib, ustma-ust chiqib ketgan. 9 ta vagondan iborat tarkibda mingga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Halokat oqibatida 51 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 600 dan ko‘proq odam jarohatlangan.
Ma'lum qilinishicha, sud sobiq vazirni bu fojia uchun javobgar deb topgan. U qamoq jazosidan tashqari, davlat lavozimlarini egallash huquqidan umrbod mahrum etilgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
08:48 / 16.05.2025