Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va pedagog xodimlarni tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazishga doir qonun loyihasi ishlab chiqildi
Adliya vazirligining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 214-moddasining birinchi qismiga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (www.regulation.uz) joylashtirildi. Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi shu haqida xabar berdi.
Mehnat kodeksining 214-moddasida ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki davr va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi shart bo‘lgan xodimlar ro‘yxati ko‘rsatilgan hamda tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmasligi belgilangan.
Tahlillarga ko‘ra, umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining bevosita bolalarga ta'lim va tarbiya berish bilan shug‘ullanuvchi pedagog hamda boshqa xodimlari o‘zlarining shaxsiy mablag‘lari hisobidan sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Loyihada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining bevosita bolalarga ta'lim va tarbiya beruvchi pedagog va boshqa xodimlarini ish beruvchining byudjyet mablag‘lari hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi tartibi nazarda tutilmoqda.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni, shuningdek pedagog xodimlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilinishi ta'minlanishiga erishiladi.
Mavzuga oid
17:26 / 14.04.2025
Oq uy Trampning tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qildi
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
19:50 / 28.12.2024