Light | 23:00 / 11.10.2018
113489
10 daqiqa o‘qiladi

Semizlik - bu kasallik. Unga chalinmaslik uchun nima qilish kerak?

KUN.UZ tahririyati “Sog‘lom hayot” loyihasi davomida bugungi kunda ko‘p uchrayotgan kasalliklar to‘g‘risida ma'lumot berishda davom etadi. Bugun, 11 oktabr - butunjahon semizlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan semizlik kasalligi haqida atroflicha ma'lumot beramiz. Xo‘sh, semizlik qanday kasallik o‘zi? Uning kelib chiqish sabablari, tashxis va davolash usullari qanday?

O‘tgan yarim asr davomida semiz bemorlarning soni uch barobarga oshdi. Bugungi suhbatdoshimiz akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi endovizual xirurgiya bo‘limi xirurgi  Nabijon Sadikov.

Video: TasIX

Video: YouTube

Semizlik va uning turlari haqida

To‘qimalar va organlarda ortiqcha yog‘ borligi semizlik deyiladi. Bu kasallik tana vazni normadan 20 foiz va undan ko‘pga oshib ketishi bilan namoyon bo‘ladi.

Semizlikning 3 ta turi mavjud: birlamchi, gipotalamo va endokrin semizlik. Birlamchi semizlik tez-tez ortiqcha yegulik yeyish bilan va zarur jismoniy faoliyat yo‘qligi bilan rivojlanadi. Gipotalamo semizlikda miyaning gormonlar ishlab chiqarishi buzilganida rivojlanadi. Endokrin semizlik organizmdagi bezlar buzilishi fonida shakllanadi.

Semizlik nimadan kelib chiqadi?

Eng keng tarqalgan sababi - ortiqcha ovqat iste'mol qilish tufayli ovqatlanish xulq-atvori buzilganligi bo‘ladi. Organizmga kirib kelgan kaloriyalar kundalik jismoniy faoliyat jarayonida yoqilib ketadi, yonmagan kaloriyalar esa ko‘pincha yog‘ to‘qimalarida saqlanadi.

Bundan tashqari, semirib ketishning bir necha sabablari bor: kam harakatli hayot tarzi, antidepressantlar va gormonlar ichish, jismoniy ahvoli (homiladorlik, emizish, jismoniy salohiyat kamayishi), genetik moyillik.

Semizlikka olib keluvchi eng muhim sabablar

Oddiy qilib aytganda, bir-birini to‘ldiradigan 6 ta asosiy sabab quyidagicha: yuqori kaloriyali oziq-ovqatlarni, shakarli va spirtli ichimliklarni ortiqcha iste'mol qilish, uyqu buzilishi (kam yoki ortiqcha uyqu), uzoq televizor ko‘rish va jismoniy faoliyat kamligi.

Semizlikning salbiy ta'siri

Semizlik bu nafaqat estetik kamchilik, balki rivojlanishi mumkin bo‘lgan xavfli kasalliklar ham – qandli diabetning 2 turi, saraton, og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, tomirlarning varikoz kengayishi, qo‘shma kasalliklar va boshqalar. Shu bilan birga, semiz erkak va ayollarda tug‘ish funksiyasi kamayadi yoki yo‘qoladi, qandli diabet, jigar semirib ketishi, yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa kasalliklar rivojlanishi mumkin. O‘ylashning o‘zi qo‘rqinchli, lekin afsuski bu haqiqat – ortiqcha vazn bevaqt o‘lim xavfini uch marta oshiradi.

Semizlikni qanday qilib aniqlash mumkin?

Birinchi navbatda, bemorning tana vazni indeksini (TVI) aniqlash zarur. TVI quyidagi formula orqali hisoblanadi: og‘irlikni (kg) bo‘yini kvadratga oshirilgan uzunligiga ( ) bo‘linadi. Masalan, bemorning og‘irligi 84 kg va bo‘yi 1,65 m, shunda TVI = 84/  = 30,9. Bu birinchi darajadagi semirish bo‘ladi. Ushbu formula 1997 yilda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan taklif etilgan edi va shu kungacha dolzarb bo‘lib qolmoqda.

TVI natijasi og‘irlikni me'yordan og‘ish darajasini tushunish imkonini beradi:

TVI 18,5 kam bo‘lsa – vazn yetishmovchiligi;

TVI 18,5 dan 24,9gacha – me'yoriy vazn;

TVI 250 dan 29,9gacha – ortiqcha vazn;

TVI 30 dan 34,9gacha – 1-darajali semizlik;

TVI 35dan 39,9gacha – 2-darajali semizlik;

TVI 40dan 50gacha – 3-darajali semizlik;

TVI 50dan yuqori – 4-darajali semizlik, og‘ir semizlik;

Shuningdek, semizlikning turli xillarini diagnostika qilish maqsadida ba'zan test va bosh suyagi hamda umurtqa pog‘onasini rentgen ostida o‘rganiladi. Bemorlar qondagi glyukoza darajasini nazorat qilishlari kerak, ayniqsa agar doimiy tashnalik va og‘iz quruqligi qiynayotgan bo‘lsa.

Bugungi kunda semizlikni davolashning qanday usullari bor?

Semizlikni davolash uchun har doim har tomonlama yondashish kerak. Ortiqcha vazn yo‘qolgandan so‘ng uni me'yorida ushlab turish zarur bo‘ladi. Sog‘liqqa ta'siri foydali bo‘lishi uchun, vaznni asta-sekin tushirish kerak. Shuning uchun, birinchi 6 oy ichida tana vaznining 10% dan ortig‘i yo‘qolmasligi kerak, agar bu erishilgan bo‘lsa, vaznni yo‘qotishni davom ettirsa bo‘ladi.  Semizlikning bir necha turlari bor bo‘lsa-da, har doim keng qamrovli davolash usuli eng yaxshi natijani beradi – bu past kaloriyali diyeta, psixologik yordam va psixoterapiya. Shuni ta'kidlash lozimki, vazn yo‘qotish samaraliroq bulishi uchun intensiv mashqlarni diyeta bilan birlashtirish joiz.  Semizlikni dori-darmon bilan davolash bu alohida masala. Asosan bu ishtahani bo‘g‘uvchi yoki qondirish hissini kuchaytiruvchi va ichakda oziq-moddalar so‘rilishini kamaytiruvchi dorilar bo‘ladi. Lekin, dunyoning turli markazlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, semizlikni faqat dorivor davolashda ko‘p yomon ta'sirlar bor va u samarasiz hisoblanadi.

Semizlikni jarrohlik yo‘li bilan davolash bariatriya deyiladi. Bariatrik jarrohlikning mohiyati – oshqozon-ichak traktini o‘zgartirib kaloriya iste'molini kamaytirishdir. Bunday protseduralar faqat ko‘rsatmalar bo‘yicha amalga oshiriladi, deb ta'kidlash lozim.  Bugungi kunda bariatriya jarrohlikdagi alohida bir yo‘nalish sifatida mavjud. Ko‘p mamlakatlardagi o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, 50% ortiq vazn yo‘qotishniing va birga kechadigan kasalliklarni davolashning yagona yo‘li – bu bariatrik operatsiya. Shuni ta'kidlash muhimki, 2000-yillardan boshlab bariatrik jarrohlikka laparoskopik texnologiyalar orqali katta innovatsiyalar kiritilgan. Laparoskopiya – bu jarrohlikning zamonaviy usuli bo‘lib, ichki organlar operatsiyasi kichik, odatda 0,5-1,5 sm teshiklar orqali amalga oshiriladi, an'anaviy (eski usuldagi) jarrohlik esa katta kesimlar talab qiladi. Hozirgi vaqtda, deyarli barcha bariatrik jarrohlik laparoskopik usul bilan amalga oshiriladi.

Bariatrik jarrohlikning 3 turi mavjud: oshqozon hajmini kamaytirish, ichakdagi so‘rilishni kamaytirish va aralash protseduralar. Oshqozon hajmini kamaytirishda undan tor bir quvur hosil qilinadi. Shunda, oshqozon tez to‘lgani va bo‘shashi sekin bo‘lgani tufayli oziq-ovqat iste'moli kamayadi. Ichakdagi so‘rilishni kamaytirishda – ingichka ichakning bir qismi olib tashlanadi va shunday qilib ingichka ichakda oziq moddalar so‘rilishi kamayadi.

Bundan tashqari, oshqozon ichiga ballon o‘rnatish xam amalga oshiriladi. Bu holda, oshqozon ichiga silikon ballon kiritilib uni fiziologik eritma bilan to‘ldiriladi. Bu yerda o‘rnatish maqsadi bir xil – oshqozon hajmini kamaytirish va uni tez qondirish. Shuni hisobga olish kerakki, bu usul – bariatrik operatsiyadan oldin tayyorlov bosqichi sifatida eng yuqori darajada semirib ketgan bemorlarda qo‘llanilanidi va ballon 6 oydan uzoq muddatga qo‘yilmaydi.

Cemizlikning oldini olish uchun tavsiyalar

Har doim iste'mol qilinayotgan oziq-ovqat kaloriyasini kuzatib borish kerak. Ovqat qancha yog‘li bo‘lsa unda shuncha ko‘p kaloriya mavjud bo‘ladi. Odatda 1 gramm yog‘ 9 kilokaloriyga teng bo‘ladi, 1 gramm oqsil yoki uglevodlar esa – 4 kilokaloriyga teng. Kuniga atigi 23 gramm qo‘shimcha yog‘ iste'mol qilsa – yiliga qo‘shimcha 8 kg yig‘iladi. Agar ovqatda kamida 10-15% oqsil bo‘lsa, va 30-35% yog‘ bo‘lsa, ratsion muvozanatli hisoblanadi. Uglevodlar esa 50-75% tashkil etishi kerak. Shakar, non va shirinliklardan 10% dan ko‘p energiya olmaslik kerak, qolganini esa meva, sabzavot va dondan olish mumkin. Vaznni kamaytirishda biologik faol qo‘shimchalarni qo‘shish joiz, ammo suiiste'mol qilish bo‘lmaydi. Shuni esda tutish kerakki, ko‘p shashlik, osh va somsa yeb, bir vaqtni o‘zida ozdiragan sehrli dori bo‘lmaydi. Vaznni yig‘ish uni yo‘qotishdan osonroq. Bir oz vazn yo‘qotish uchun ancha harakat qilish kerak – ko‘proq jismoniy harakat, parhez va hatto psixologik yordam kerak bo‘lishi mumkin.

Vaznni yo‘qotgandan so‘ng, uni ushlab turish kerak, chunki noto‘g‘ri ovqatlanish bilan yo‘qotilgan vaznni organizm ikki barobar qilib qayta yig‘ib oladi va bemor oldingidan-da og‘irroq vaziyatga tushadi. Buning oldini olish uchun, vaznni mutaxassislar bilan yo‘qotish kerak.

Mavzuga oid