Sport | 08:34 / 11.10.2018
5493
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarida o‘z rekordini yangiladi, 5-kun ham oltin medal bilan boshlandi

Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqa boshlaganidan buyon O‘zbekiston terma jamoasi har bir kunni oltin medal bilan boshlamoqda.

11 oktabr kungi yengil atletika bahslarida Doniyor Soliyev 26-oltinni delegatsiya hisobiga qo‘shib qo‘ydi. U uzunlikka sakrash bahslarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, Paraosiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 10 oktabrda o‘zbekistonlik sportchilar jami 14 ta medalni qo‘lga kiritgan, jamg‘arilgan medallar soni 47 taga yetgan edi.

Ma'lum bo‘lishicha, kechagi natijalardan so‘ng O‘zbekistonning Paraosiyo o‘yinlaridagi rekordi yangilangan.

Ilk marta 2010 yilda Guanchjouda o‘tkazilgan o‘yinlarda O‘zbekiston vakillari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medal bilan 18-o‘rinni egallashgan bo‘lsa, 4 yil oldin Incheonda 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza (jami 31 ta) qo‘lga kiritgan, medallar sifati bo‘yicha reytingda 5-o‘rin band etilgan edi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid