O‘zbekistonda yana bir hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat DXX boshqarmasi xodimlari hamkorlikda fuqaro M.A.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qumqo‘rg‘on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.A. fuqaro M.A.dan Qumqo‘rg‘on tuman markazidan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun 0,08 ga. yer maydonini noturarjoy sifatida berilishini va'da qilib, 5000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘z.R.JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiva shahar hokimining o‘rinbosari pora olayotganida qo‘lga tushgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:33 / 15.11.2024
“Pora kattalashgan sari suverenitet bilan savdolashish boshlanadi” – faollar bilan suhbat
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024