Sport | 11:18 / 12.10.2018
31397
3 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik mashhur yakkakurashchi Xabib Nurmagomedovni qo‘llab-quvvatladi 

Foto: MMA Fighting

Amerikalik mashhur yakkakurashchi Chak Liddell rossiyalik Xabib Nurmagomedovni Mutlaq jangchilik chempionati UFC’ga qo‘ygan sharti masalasida qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq Nurmagomedov UFC uning Konor Makgregorga qarshi jangidan keyin yuzaga kelgan mojaroga aralashgan Zubayra Tuxugovni tashkilotdan chetlatgani va Artyom Lobovga qarshi jangini bekor qilganidan achchiq bildirgandi. Jang 27 oktabrda o‘tishi kerak edi. 

7 oktabrda o‘tgan jang tugashi bilan Nurmagomedov oktagondan chiqib ketib, Makgregorning sparring-sherigi Dillon Devis bilan mushtlashib ketgan. Bu orada UFC’ning boshqa jangchisi Zubayra Tuxugov oktagonga chiqib, Makgregor bilan urishib ketgan. Shundan keyin UFC rahbari Dana Uayt oktagonga yugurib chiqqan jangchilar tashkilotdan chetlatilishini aytgan.

“Xabib Nurmagomedov uchun pul muhim emas, gap prinsip haqida ketmoqda. Bu telbalikdek tuyulishi mumkin, biroq hayotda muhokama qilinmaydigan narsalar bor. Men uning xatti-harakatlarini oqlamayman (taniqli jangchi va ko‘pchilikka o‘rnak sifatida, bo‘lib o‘tgan voqeaga qarshiman). Men sportimiz odamlar dastlab o‘ylagan vahshiyona usullarga aylanishini istamayman, biroq men biz, jangchilar, yuqoriroq standartlarga amal qilishimiz va odamlarga hurmat bilan qarashimiz kerakligiga qo‘shilaman. Men ko‘chada urishishni boshlaganman, biroq ko‘chada ham bilamizki, tegish mumkin bo‘lmagan narsalar bor. Sen oila, din yoki millat haqida gapirganingda, olov bilan o‘ynashasan. Bu narsalar muqaddasdir. Men hech qachon bunday qilmayman. Bu men uchun qoidadir.

Agar Xabib yoki uning jamoasi Konordan farqli ravishda jazolansa, juda adolatsiz bo‘ladi. Agar Xabib jazolansa, unda Konorga ham jarima solish va diskvalifikatsiya solinishi kerak. Xuddi shu narsa ularning karmoniga ham ta'sir qilishi lozim.

Nima uchun Zubayra jangi bekor qilinishi kerak? U har qanday haqiqiy jangchi sifatida og‘asini himoya qildi. Konor unga kimdir hujum qilishidan oldin kamida ikkita zarba berdi. Nima uchun barchasi bunchalik noto‘g‘ri? Pullar bizni ko‘r qilmoqdami? Bu yigitlar jangchilar va ularning ishi shu. UFC barcha chegaralarni yuvib yubordi. Tashkilot reyting va yaxshi pul to‘lanuvchi kunlar uchun sotilmoqda. Ba'zi jangchilarda xohlagan ishini qilish va shu bilan birga jarimalardan qochishga imtiyoz bor. Biz, jangchilar “chiziqni kesib o‘tishing bilan” barcha stavkalar bekor qilinishini bilamiz. Menga aytishga ijozat bergaysiz: UFC nazoratni qaytarishi lozim”, deb yozgan Lidell instagramda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid