Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Menga bu g‘oya yoqmayapti». Tramp Saudiya Arabistoniga aloqador bayonot berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni Qo‘shma Shtatlardan qurol sotib olishni to‘xtatishini istamaydi. Amerika yetakchisining so‘zlari Reuters tomonidan keltirilgan.
Avvalroq, amerikalik senator Rend Pol AQShdan Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga erishmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi. U Saudiya Arabistonining Turkiyadagi konsulxonasida saudiyalik muxolif jurnalist o‘ldirilgani haqidagi xabarlar fonida shunday bayonot berdi.
«Ular [saudiyaliklar] AQShning harbiy qurol-aslahalariga 110 milliard dollar sarflashmoqda, bu esa bizning mamlakatimiz uchun ish o‘rinlari yaratyapti», - dedi Tramp.
Uning ta'kidlashicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari bundan buyon 110 milliard dollar olmasligi haqidagi g‘oya unga «yoqmayapti». Shuningdek, Trampning ta'kidlashicha, agar Qo‘shma Shtatlar o‘z qurollarini Saudiya tomoniga sotishni to‘xtatsa, unda ular «bu pullarni olishadi» va Rossiya yoki Xitoyda «sarflashadi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik senator Ar-Riyodga qurol yetkazib berishni taqiqlash bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025