Jahon | 23:32 / 12.10.2018
5114
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada 833 bola asirlikdan ozod etildi

Foto: Globallookpress

Nigeriyada “Boko Harom” terrorchilik guruhi jangarilari asirligidan kamida 833 bolani ozod qilishga muvaffaq bo‘lindi. Bu haqda YUNISEF saytida ma'lum qilingan. 

Bunga 2017 yilda YUNISEF bilan bolalarni yollashni to‘xtatish va oldini olish bo‘yicha harakatlar rejasini imzolagan ko‘ngillilar qo‘shini – “Fuqarolik qo‘shma maqsadli guruhi” (CJTF) sa'y-harakatlari evaziga muvaffaq bo‘lingan. 

Bolalarni ozod etish bo‘yicha operatsiya o‘tgan Mayduguri shahrida ota-onasiz qolgan 1,5 mingga yaqin bola bor. Bu hududda “Boko Harom” faol harakat qiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid