Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV AQSh va Turkiya o‘rtasida pastor Branson bo‘yicha maxfiy kelishuv borligidan xabar topdi
Turkiyada 2016 yildagi davlat to‘ntaruviga urinishga aloqdorlikda gumon qilinib hibsga olingan amerikalik pastor Endryu Branson Vashington va Anqara o‘rtasidagi maxfiy kelishuvga ko‘ra uning ishi bo‘yicha keyingi sud yig‘ilishidan keyin ozod etiladi. Bu haqda ikki yuqori lavozimli mansabdor shaxsga iqtibos keltirgan holda NBC telekanali ma'lum qildi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh pastorning ozod etilishi evaziga Turkiyaga iqtisodiy bosimni zaiflashtiradi. Kelishuv tafsilotlari keltirilmagan. Bu orada Donald Tramp ma'muriyati ushbu kelishuvning bajarilishiga shubha bilan qaramoqda, chunki Turkiya pastorni bir necha oy oldin berishga rozi bo‘lgan, biroq hamon buni amalga oshirmadi.
Pastorning ishi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bugun, 12 oktabrga belgilangan.
Branson Turkiyada 2016 yil oktabrdan beri hibsda ushlab turilibdi. Turkiya hukumatining aytishicha, u muxolifatchi Fathulla Gulen tashkiloti a'zosi hisoblanadi. Vashington o‘z fuqarosi berilishiga urinib kelmoqda, Biroq Anqara bir necha bor rad javobini bergan. Bunga javoban AQSh pastorning hibsga olinishiga aloqador turk amaldorlariga qarshi sanksiyalar joriy qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025