Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Tolibon vakillari bilan muzokara o‘tkazdi
Amerikaliklar tolibonchilarni Afg‘onistondagi tinchlik jarayonida to‘liq qatnashishini ta'minlashga urinishmoqda.
AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmayyem Xalilzod Tolibon radikal islomiy harakati a'zolari bilan uchrashgan. Uchrashuv Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda 13 oktabr kuni Tolibon vakili Sabihullo Mujohid xabar bermoqda, deb yozmoqda DW.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 12 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda G‘arbning Afg‘onistonga “bostirib kirishini tinch yo‘l bilan nihoyalash” muhokama etilgan.
AFPʼning aniqlashtirishicha, Xalilzod mintaqadagi boshqa o‘yinchilar, jumladan, Pokiston va Saudiya Arabistoni ko‘magida tinchlik jarayoni bo‘yicha muzokaralarga tolibonchilarni undamoqchi. Diplomat 4–14 oktabr kunlari turne bo‘ylab safar qilib, mazkur davlatlarda, shuningdek, Qatar va BAAda uchrashuvlar o‘tkazadi.
Iyun oyida jangarilar va Afg‘oniston hukumati tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi joriy etilgach, bu Amerika tomonining tolibonchilar bilan o‘tkazgan ikkinchi uchrashuvidir. “Tolibon” Kobuldagi hokimiyatni Amerikaning qo‘g‘irchog‘i deb hisoblaydi va Qo‘shma Shtatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishga chog‘langan.
AQSh Afg‘onistonda tez orada tinchlik o‘rnatilishini bashorat qilmoqda. Mamlakat hokimiyati va “Tolibon” harakati yaqin orada to‘laqonli sulh shartnomasi tuzishi mumkin. Bu haqda Afg‘onistondagi qurolli kuchlar qo‘mondoni general Jon Nikolson aytib o‘tgan.
Qurbon hayiti arafasida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” bilan uch oylik yarashuv bitimi tuzilganini e'lon qilgan edi. Bu xabarning ertasigayoq Kobulga raketa hujumi uyushtirildi, biroq hujum uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025