Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada ozod etilgan pastor Branson AQShga qaytdi
Turkiyada ikki yil hibs ostida saqlangan Endryu Branson shanba kuni AQShga qaytib kelgan. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Telekanalning xabariga ko‘ra, Branson mingan samolyot Vashington yaqinidagi Endryus harbiy bazasiga kelib qo‘ngan. Bungacha u AQShning Germaniyada joylashgan harbiy gospitalida vrachlar ko‘rigidan o‘tgan. AQSh prezidenti Donald Tramp ilgariroq shanba kuni Branson bilan Oq uyda uchrashishini e'lon qilgan edi. U shuningdek, ko‘rsatilgan yordam uchun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga minnatdorchilik izhor etgan.
12 oktabr kuni Izmir shahri sudi Bransonni uch yilu, bir yarim oyga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqargan, biroq uning hibs ostida o‘tkazgan kunlarni hisoblab chiqib, uy qamog‘idan ozod etgan. Sud Bransonga nisbatan qo‘llanilgan barcha ehtiyot choralarini bekor qilgan, jumladan, xorijiy davlatga chiqib ketish bo‘yicha taqiqni ham.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025