Jahon | 21:45 / 15.10.2018
15228
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning fuqarolik urushida qo‘llangan quroli yadroviy bombadan ham qirg‘inbarot deb topildi

Foto: Wikipedia

AQShning National Interest nashri AQShning eng qirg‘inbarot qurollari beshtaligi keltirilgan maqola chop etdi. Nashr 1-o‘ringa Gatling pulemyotini qo‘ygan. Ta'kidlanishicha, bu qurolning ilk nusxalari AQShdagi fuqarolik urushi vaqtida qo‘llangan. Bu urush AQSh tarixidagi eng ko‘p qon to‘kilgan urush bo‘lib qolmoqda. Ushbu pulemyot tezotar qurolning ilk namunalaridan biri bo‘lgan. Stvollari aylanuvchi ushbu qurol Richard Gatling tomonidan ixtiro qilingan.   

AQShning raqiblarini qo‘rquvda ushlab turuvchi 2-raqamli qirg‘inbarot quroli yadroviy bomba deb topilgan. AQShda ushbu qurol Ikkinchi jahon urushi vaqtida ixtiro qilingan.

3-o‘ringa yuqori aniqlikdagi nishonga olish quroli qo‘yilgan. Nashrda ta'kidlanishicha, 1970-yillardan boshlab AQSh armiyasining ustunligi nishonni aniq mo‘ljalga olishdan iborat bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, ushbu qurol turi 40 yildan beri AQSh qurolli kuchlarining ustunligini ta'minlab keladi.

4-o‘rinni kam seziluvchanlik texnologiyasi – stels egallagan. Nashr 5-o‘ringa dronlarni qo‘ygan. Ta'kidlanishicha, bu qurol turi harbiy operatsiyalar olib borilishini batamom o‘zgartirib yuborgan.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid