Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falcon raketasi orbitaga 3 oy davomida porlab turuvchi obekt olib chiqadi
SpaceX raketasi Falcon 9 noyabrda orbitaga yagona vazifasi tungi osmonda yaraqlab turishdan iborat bo‘ladigan obektni olib chiqadi. Ma'lum qilinishicha, Orbital Reflector (Orbitaviy akslantirgich) deb nomlangan ushbu loyiha tashabbuschisi amerikalik fotosuratchi, operator va siyosiy faol Trevor Peglin hisoblanadi.
“Men boshqa loyihalar bilan ishlayotib, fazoda anchadan beri harbiylar xo‘jayinlik qilayotganiga e'tibor qaratdim va fazo boshqacha bo‘lishi ham mumkinligi haqida o‘ylay boshladim. Shunda menda hozirgi koinot qurilmalarining to‘liq aksi bo‘lgan sun'iy yo‘ldosh yaratish istagi paydo bo‘ldi”, deb aytgan 44 yoshli Peglin.
Loyihaga ko‘ra, raketa orbitaga poyafzal qutisi o‘lchamidagi konteynerni olib chiqishi ko‘zda tutilgan. Bu konteynerda issiqlikka bardoshli plyonkadan tayyorlangan shishiriladigan sun'iy yo‘ldosh joylangan bo‘ladi. Yerdan 560 km balanddlikda plyonka ochilib, uzunligi 30 metrdan kattaroq art-obekt ko‘rinishini oladi. Plyonka quyosh nurini akslantirish xususiyatiga ega bo‘lib, aynan shu omil loyihada muhim rol o‘ynaydi.
Peglinning hisob-kitobiga ko‘ra, obekt 3 oy davomida tungi osmonda porlab turadi. Uni kuzatish uchun teleskop yoki biror boshqa optik asboblar talab etilmaydi. So‘ngra obekt atmosferaning zich qatlamlariga tushib, yonib ketadi.
Mavzuga oid
21:07 / 01.01.2025
Koinotdagi chiqindilar Yer orbitasini falaj qilishi mumkin - OAV
23:29 / 23.03.2021
Orbitaga fazoviy chiqindilarni yig‘uvchi magnit-qurilma chiqarildi
00:14 / 01.07.2020
Rossiyalik fazogir tarixda birinchi bo‘lib orbitadan turib ovoz berdi
15:50 / 03.11.2019