GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan kelishuvni bekor qildi
«O‘zavtosanoat» AJ monitoring vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar oqibatida GM Uzbekistan AJ «Humo Avtosavdo» MChJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilayotganligini ma'lum qildi.
Kelishuvning bekor qilinishiga GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflik bo‘lmaganligi, kompaniya tomonidan e'lon qilingan aksiyalarining munosib tashkil qilinmaganligi, avtosalon tomonidan kelishuv shartlarining doimiy ravishda buzib kelinganligi, avtosalon faoliyatidagi korrupsiya, avtomobillarni yetkazib berishda sun'iy bronlash holatlari, xaridorlarga mavjud avtomobillar xususida noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etilganlik, rasmiylashtirishda amalga oshirilgan qonunbuzarlik kabi holatlar sabab bo‘lgan.
«Shuningdek, avtosalon tozalik va gigiyena talablariga rioya qilmaganligi mijozlarning qulay sharoitlarda avtomobil xarid qilishiga to‘sqinlik qilgan», - deyiladi «O‘zavtosanoat» xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «ToshkentAvtosavdo» MChJ avtosaloni direktori ishdan bo‘shatilgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 12.07.2024
Toshkentdagi yana bir avtosalon odamlarni aldagani aytilmoqda
07:44 / 27.03.2024
Toshkentda fuqarolardan 6,1 mlrd so‘mni aldab olgan «avtosalon egalari» qamaldi
14:22 / 11.09.2023
Toshkentdagi yana bir avtosalon fuqarolarni chuv tushirdi
18:46 / 04.03.2022