Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikaning yangi prezidenti neft sohasini saqlab qolishga va'da berdi
Meksikaning saylangan prezidenti, 1 dekabrda o‘z lavozimini bajarishga kirishadigan Andres Manuel Lopes Obrador o‘z vaqtida prezident Lasaro Kardenas amalga oshirgandek, mamlakatning neft sohasini qutqarib qolishga va'da berdi.
1938 yil martida sobiq prezident Kardenas neftning milliylashtirilishi haqidagi dekretni imzolagan. Shu vaqtdan beri deyarli 80 yil davomida neft faqatgina davlatga tegishli bo‘lgan va 2013 yilda hukumat tomonidan amalga oshirilgan energetika islohotidan so‘ng neft sohasiga xususiy, jumladan xorijiy kompaniyalar kira olgan.
“Biz ko‘proq neft qazib olamiz, energetika islohoti boshlangandan beri neft va gaz ishlab chiqarish hajmi pasaymoqda. Neft sohasi general Kardenas 1938 yilda qilganidek, qutqarib qolinadi”, deb yozgan Obrador tvitterda. Shu bilan birga u na xabarda, na neft olinuvchi Tabasko viloyati aholisi bilan muloqot vaqtida “milliylashtirish” so‘zini ishlatgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda Meksikaning davlat neft kompaniyasi Pemex kuniga o‘rtacha 1,948 mln barrel neft olgan. 2018 yilda bu ko‘rsatkich yillik ifodada 5,9 foizga, ya'ni 1,816 mln barrelgacha kamayib ketgan. Oxirgi 6 yil davomida kompaniyaning neft olish hajmi 28 foizga pasaygan, vaholanki kompaniya 2013 yilda 2,514 mln barrel neft olgan.
Avvalroq Obrador uning 6 yillik prezidentligi vaqtida mamlakatda neft olish hajmi kuniga 2,5 mln barrelgacha oshishiga va'da bergan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025