Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 74 kilogramm paxta yonib ketdi
Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida 2018 yil 14 oktabr kuni “Ingichka” MFY hududida joylashgan “Navoiy” paxta qabul qilish maskanidagi 2-sonli paxta g‘aramlash maydonchasiga bosib qo‘yilgan paxta g‘aramida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida 74 kg. 2-navli paxta yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.
Qayd etilishicha, yong‘in paxta g‘aramini shamollatish moslamasining motor qismida elektr simlarini qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda yuk mashinasidagi 20 toy paxta yonib ketgandi.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:55 / 27.05.2025
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025