Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» Saudiya shahzodasining taklifini rad etdi. Bunga sabab Jamol Qoshiqchi ishi
«Manchester Yunayted» klubi xo‘jayinlari klubni sotib olishni istayotgan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga rad javobini berishgan.
Turkiyadagi SonDakika nashri xabariga ko‘ra, bunga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulxonasida g‘oyib bo‘lgani va uning o‘limiga doir surishtiruvlar o‘tkazilayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Biroz avvalroq Manchester klubi Saudiya taxti vorisi bo‘lgan shahzodaning ixtiyoriga o‘tishi borasida turli xabarlar tarqalgandi.
Ayni paytda klub xo‘jayini bo‘lib turgan amerikalik Gleyzerlar oilasi shahzoda bilan muzokaralar o‘tkazishga hozirlik ko‘rayotgani aytilgandi.
Angliya matbuotida yaqin kunlarda Avraam Gleyzer Ar-Riyodda Muhammad bin Salmon bilan uchrashishi yozilgandi.
OAV xabarlarida aytilishicha, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi inglizlar klubi uchun 4 milliard yevro berishga tayyor ekanini bildirgan.
Qayd etilishicha, Istanbulda Jamol Qoshiqchining sirli tarzda yo‘qolishi saudiyaliklarga, xususan, shahzodaga bog‘lanayotganii Gleyzerlarni ahdidan qaytargan.
«Manchester Yunayted» sotilmaydi», deb bayonot berishgan Gleyzerlar oilasi vakillari.
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:41 / 18.04.2025